+998 88 655 54 14    info@gmail.com

Maktab Raxbariyati


Maktab Direktori

SAPAYEV BAHODIR AHMEDJANOVICH

Podpolkovnik, 13-sonli maktab bitiruvchisi

Bahodir Ahmedjanovich Sapayev — Vatanimizga sadoqat, jasorat va fidoyilik timsolidir. U 1976-yilda Ellikqal’a tumani Guldursun QFYda tug‘ilgan. 1986–1996-yillarda 13-sonli umumta’lim maktabida tahsil olib, a’lo baholari va intiluvchanligi bilan o‘quvchilar orasida namunali shaxs bo‘lgan. O‘rta maktabni tamomlagach, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati Dastlabki Harbiy Chegarachilar Bilim yurtida tahsil olgan. O‘quv yillaridan boshlab u o‘zining vatanparvarligi, mas’uliyati va rahbarlik qobiliyati bilan ajralib turgan. Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati tizimida uzoq yillar davomida fidokorona xizmat qilgan. 2000–2016-yillarda davlat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yilda To‘rtko‘l tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan, 2019–2020-yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishida samarali mehnat qilgan. Bahodir Ahmedjanovichning Vatan himoyasidagi fidoyiligi va xizmatlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. U “Jasorat” medali sohibi hamda 2010-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Bugun u o‘z maktabi — 13-sonli umumta’lim maktabining faxridir. Uning hayot yo‘li yoshlar uchun namunadir, Vatanga sadoqat va fidoyilik timsolidir.